11-dars. Loop operatorlari (for)
Darsning Maqsadlari:
- For siklining ishlash tartibini to‘liq tushunish.
- For siklini amaliy misollar bilan to‘liq o‘rganish.
- For siklini boshqa sikl operatorlari bilan taqqoslab tushunish.
Kirish
For sikli - dasturlashdagi eng muhim va keng qo‘llaniladigan takrorlanuvchi operatorlardan biri. Bu sikl biror amalni belgilangan marta bajarish kerak bo‘lganda ishlatiladi. For sikli orqali biz oddiydan murakkabgacha bo‘lgan vazifalarni qisqa kodlar bilan yechishimiz mumkin.
For Siklining Tuzilishi va Ishlash Tartibi
Ta'rif:
For siklida boshlang‘ich qiymat, shart va o‘zgaruvchi qiymati hamma bir joyda belgilanadi. Bu esa kodni ixcham qiladi.
Umumiy tuzilishi:
for (boshlangich; shart; o‘zgarish) {
// bu yerda bajariladigan kodlar yoziladi
}
Ishlash Tartibi:
- Boshlang‘ich qiymat - siklning boshlanishida bir marta bajariladi.
- Shart - shart rost (true) bo‘lsa, sikl davom etadi; yolg‘on (false) bo‘lsa, sikl to‘xtaydi.
- O‘zgarish - har bir sikl bajarilgandan keyin o‘zgaruvchi qiymatini o‘zgartiradi.
For Siklining Oddiy Misoli
Misol 1: 1 dan 10 gacha sonlarni chiqarish
#include <stdio.h>
int main() {
for (int i = 1; i <= 10; i++) {
printf("%d\n", i);
}
return 0;
}
Tushunish:
- Boshlang‘ich qiymat:
i = 1. - Shart:
i <= 10, ya’ni 10 dan katta bo‘lmaguncha. - O‘zgarish:
i++, har galini 1 ga oshirish.
Natija:
Dastur 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni ekranga chiqaradi.
For Sikli va While Siklining Farqi
For siklida o‘zgaruvchi, shart va o‘zgarish bir joyda, ya’ni boshida beriladi. Bu orqali kod ixcham va tushunarli bo‘ladi. While siklida esa o‘zgaruvchilar sikldan tashqarida o‘zgartiriladi. While sikli shartsiz davom etadigan takrorlanishlarda, For esa aniq marta bajariladigan takrorlanishlarda qulayroq.
For Siklida Ko‘p Mavjud Bo‘lgan Xatolar
- Cheksiz sikl: Shart noto‘g‘ri belgilansa, sikl to‘xtamaydi.
- Shart noto‘g‘ri o‘zgartirish: Agar o‘zgaruvchilar noto‘g‘ri qiymatda o‘zgartirilsa, natija kutilgandek chiqmaydi.
Murakkabroq Misollar
Misol 2: Foydalanuvchi kiritgan songacha bo’lgan sonlarning yig‘indisini hisoblash
#include <stdio.h>
int main() {
int n, sum = 0;
printf("Son kiriting: ");
scanf("%d", &n);
for (int i = 1; i <= n; i++) {
sum += i;
}
printf("Yig'indisi: %d\n", sum);
return 0;
}
Tushunish:
Bu dastur foydalanuvchi kiritgan sonlar yig‘indisini hisoblaydi. n qiymati kirtilgach, sikl har gal i qiymatini qo‘shib boradi va natijada umumiy yig‘indi hisoblanadi.
Cheksiz For Sikli
Ba'zida for siklni cheksiz davom ettirish kerak bo‘ladi. Bunda shart faqat rost qiymatga ega bo‘ladi va sikl hech qachon to‘xtamaydi.
Misol:
#include <stdio.h>
int main() {
for (;;) {
printf("Cheksiz siklda ishlamoqdaman...\\n");
}
return 0;
}
Eslatma:
Cheksiz sikllardan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ular kompyuter resurslarini ko‘p ishlatib yuborishi mumkin.
Xulosa
For sikli - dasturlashning muhim qismi. O‘rganish va ishlatish qulayligi tufayli kodni ixcham va tez bajargani sababli juda keng qo‘llaniladi.